Loris "Latsio"ga o'tmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
Darvozabon Ugo Loris "Latsio"ga o'tmaydi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda.
Manbaning ta'kidlashicha, 36 yoshli frantsiyalik posbon Rimga o'tishga yaqin kelmagan, chunki u faoliyatining so'nggi davrida zaxira darvozabon bo'lishni istamaydi.
Eslatib o'tamiz, iyul oyida "Tottenxem" Lorisga yangi jamoa qidirishga ruxsat berilganini e'lon qilgan edi. Tajribali darvozabon yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar qaerdandir klub topishi mumkin.
Loris o'n uch mavsum davomida "Tottenxem"da o'ynadi. Bu vaqt ichida Ugo 447 ta rasmiy o'yin o'tkazib, 508 ta gol o'tkazib yuborgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!