"Aston Villa" hujumchisi APLning boshqa klubiga o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 60
"Aston Villa" hujumchisi Kemeron Archer faoliyatini Angliya Premer-ligasining boshqa klubi - "Sheffild Yunayted"da davom ettirishi mumkin.
Football Insider nashri xabariga ko'ra, ayni damda yosh hujumchi "Sheffild" safida tibbiy ko'rikdan o'tmoqda.
Archer 21 yoshda va "Aston Villa" bilan keyingi to'rt mavsum uchun shartnoma imzolaydi. O'tgan mavsumni futbolchi Chempionship klubi - "Midlsbro"da o'tkazdi. Turnirdagi 20 uchrashuvda u 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali yosh futbolchini 12 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!