"Tottenxem" o'z futbolchisini "Barselona"ga qo'yib yuborishni xohlamadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 67
"Barselona" "Tottenxem" yarim himoyachisi Jovani lo Chelso bilan shartnoma imzolay olmaydi.
Jurnalist Toni Xuanmarti xabariga ko'ra, "shporlar" rahbarlari argentinalik yarim himoyachini "ko'k-anorranglilar"ga ijaraga berishdan bosh tortgan. Kataloniya klubi esa futbolchini to'laqonli ravishda sotib ololmaydi.
Qayd etilishicha, agar “Tottenxem” bosh murabbiyi Anj Postekoglu Kleman Langleni sotib olishga qaror qilmasa, u holda lo Chelsoning “Barselona”ga transferi amalga oshmaydi.
Eslatib o'tamiz, Jovani 2019 yildan beri "Tottenxem"da o'ynab kelmoqda, o'tgan mavsumni "Vilyarreal"da ijara asosida o'tkazgan. Transfermarkt portali 27 yoshli yarim himoyachining narxini 14 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!