"Manchester Siti" 80 millionga futbolchi olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146
"Manchester Siti" yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar o'rta chiziqni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Angliya chempioni "Vest Xem"dan Lukas Paketani qo'lga kiritishga yaqin edi, biroq bu rejadan voz kechildi.
Endilikda, Daily Mail xabariga ko'ra, "Manchester Siti" "Kristal Pelas" futbolchisi Eberechi Ezega ko'z tikkan. Shu bilan birga, London klubi futbolchi uchun 70 million funt sterlingdan (81,73 million evro) ko'proq talab qilishi kutilmoqda.
25 yoshli Eberechi Eze 2020 yil avgust oyi oxiridan beri “Kristal Pelas”da to'p tepadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!