Ramosning yangi jamoasi nomi ma'lum(mi)?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99
Serxio Ramos "PSJ"ni tark etganidan keyin erkin agentga aylandi.
AS nashri xabariga ko'ra, 37 yoshli himoyachi "Galatasaroy"ga o'tishga yaqin turibdi. Qayd etilishicha, Ramos ikki mavsum uchun 15 million evro maosh so'ramoqda. “Sherlar” ayni damda 10 million evro va bonuslar taklif qilmoqda, bu esa tomonlarning pozitsiyalari unchalik uzoq emasligini bildiradi.
Agar jamoa Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqsa, "Galatasaroy"ning Serxio Ramos bilan shartnoma imzolash imkoniyati ortadi. Pley-off bosqichida turk grandining raqibi "Molde" jamoasi bo'ladi. Bu jamoalar o'rtasidagi ilk o'yin chorshanba oqshomida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!