"Leyptsig"ning ikki futbolchisi jamoada qoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
"Leyptsig" himoyachilari Lukas Klostermann va Muhammad Simakan ushbu transfer oynasida o'z jamoasini tark etishmaydi. Jurnalist Filipp Xayntsning fikricha, “buqalar” bu futbolchilarni sotish niyatida emas.
Avvalroq Klostermann va Simakan Benjamin Pavard o'rniga o'rinbosar qidirayotgan "Bavariya" nishonida edi. Eslatib o'tamiz, frantsiyalik himoyachi yaqin vaqt ichida "Inter"ga bonuslar bilan birga 33 million evro evaziga o'tishi kerak.
Simakanga avvalroq “Manchester Yunayted” va Londonning “Arsenal” klublari ham qiziqish bildirgan, biroq bu klublar “Leyptsig”ning qat'iy pozitsiyasi tufayli transferni amalga oshira olishmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!