Berardi hali ham "Yuventus"ga o'tishga umid qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
"Sassuolo" yarim himoyachisi Domeniko Berardi ushbu transfer oynasida jamoasini tark etish umidini yo'qotmayapti. Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, italiyalikning agentlari uning mijozi uchun ehtimoliy transfer ustida ishlashda davom etmoqda.
Eslatib o'tamiz, Berardiga Turinning "Yuventus"i qiziqish bildirmoqda, ammo "keksa senora" haligacha "Sassuolo"ning italiyalikning transferi bo'yicha moliyaviy talablarini qondira olmayapti. "Byankonerilar" yarim himoyachi uchun "qora-yashillar" talabidan 10 million evro kamroq taklif qilmoqda.
Berardi o'tgan mavsum A Seriyada 12 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!