«Manchester Siti» yarim himoyachisi La Ligaga o'tishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Maksimo Perrone yaqin orada Ispaniyaning «Las-Palmas» klubiga o'tishi kerak.
Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko'ra, 20 yoshli argentinalik joriy mavsumni ijara asosida «Las-Palmas»da o'tkazadi.
Ma'lum qilinishicha, shartnomada sotib olish varianti mavjud emas, chunki «shaharliklar» kelajakda Perronga umid bog'lashmoqda.
Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi o'tgan qishda «Manchester Siti» tarkibiga kelib qo'shilgandi. Bu vaqt ichida Perrone gol urmagan bor-yo'g'i ikkita uchrashuvda maydonga tushdi.
Futbolchining ingliz giganti bilan shartnomasi 2028 yilgacha hisoblangan. Perronening narxi 10 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!