«Real»ning Mbappe uchun to'lay oladigan maksimal summasi qancha?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 174
Matbuotda «PSJ» Kilian Mbappeni 250 million evroga sotishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Goal portalining El Debate nashriga tayanib xabar berishicha, Madridning «Real» klubi futbolchining bunday narxiga ishonmadi va yumoristik munosabatda bo'ldi.
Manbaga ko'ra, madridliklar Mbappe uchun bonus to'lovlari bilan birga 175 million evrodan ortiq pul to'lamaydi.
Shu bilan birga, «qaymoqranglilar»ning boshlang'ich taklifi 130 million evroga yaqin bo'lishi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!