Pellistri Premer-liganing boshqa klubiga ijaraga berilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Fakundo Pellistri yaqin orada Angliyaning boshqa klubida bo'lishi mumkin. Jurnalist Rich Feyning yozishicha, urugvaylik vingerga “Sheffild Yunayted” qiziqmoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, ular yosh Pellistrini bir mavsumga ijaraga berishga tayyor. "Manchester Yunayted" Fakundoga barqaror o'yin amaliyoti kerakligini tushunadi.
21 yoshli Pellistri Premer-liganing yangi mavsumida "Manchester Yunayted"ning ikkala o'yinida ham maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!