"Manchester Siti" Uoker va Bernardu Silva bilan yangi shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
"Manchester Siti" Kayl Uoker va Bernardu Silva bilan shartnomani uzaytiradi.
ESPN xabariga ko'ra, Uoker va Silva ketish ehtimoli haqidagi ma'lumotlarga qaramay, "Manchester Siti"da qolishni istashmoqda. Klub futbolchilar bilan shartnomani yangilashga yaqin turibdi. Qayd etilishicha, Riyod Maxrez va Ilkay Gyundoganning ketishi "Manchester Siti"ning Uoker va Bernarduni jamoada olib qolish istagiga ta'sir qilgan.
Uoker yozda "Bavariya"ga o'tishga yaqin turgani xabar qilingandi. Bernarduga "Barselona", "PSJ" va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!