APL klubi "Benfika"ga taklif yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47
"Nottingem Forest" "Benfika" himoyachisi Moratoni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Record nashri xabariga ko'ra, “O'rmonchilar” boshliqlari Braziliya terma jamoasi futbolchisi (23 yoshgacha) uchun 30 million evro taklif qilishgan, biroq lissabonliklar o'z futbolchisini sotishdan bosh tortishgan. Ma'lum bo'lishicha, Moratoga braziliyalik uchun taklif bilan chiqmagan Frantsiyaning "Renn" klubi ham qiziqmoqda. Avvalroq, "Benfika" himoyachini boshqa ingliz klubiga, ya'ni "Fulxem"ga 25 million evro evaziga sotishdan bosh tortgandi.
Eslatib o'tamiz, Moratoning "burgutlar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar amal qiladi va futbolchining shartnomasidagi tovon puli 100 million evroni tashkil qiladi. Transfermarkt portali 22 yoshli braziliyalik himoyachining narxini 13 million evroga baholamoqda.