"Al-Ittihod" prezidenti "Arsenal" futbolchisi bilan uchrashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 69
Saudiya Arabistonining qaysi klubi "Arsenal" himoyachisi Gabriel Magalyansni sotib olishni rejalashtirgani ma'lum bo'ldi.
Jurnalist Ahmad Alaylonning xabar berishicha, “Al-Ittihod” prezidenti Ahmad Masud bugun Londonda “kanonirlar” himoyachisi bilan uchrashgan, chunki ikki klub va futbolchi bilan muzokaralar ijobiy kechmoqda. Avvalroq, "Arsenal" braziliyalik futbolchidan qutulish niyatida emasligi haqida xabar berilgandi.
Eslatib o'tamiz, Gabriel 2020 yildan beri "kanonirlar" safida to'p tepmoqda. Transfermarkt portali 25 yoshli himoyachining narxini 55 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!