Ramos turk klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
"Beshiktosh" rahbariyati afsonaviy ispan himoyachisi Serxio Ramos bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Jurnalist Santi Aunaning yozishicha, “qora burgutlar” jahon va Evropa chempioni uchun kurashda “Galatasaroy”dan oldinda. Ma'lum bo'lishicha, mashhur futbolchi “Beshiktosh”ga o'tishga yaqin turibdi, Ramosning atrofidagilar esa Istanbul klubidan yakuniy taklifni kutishmoqda. Avvalroq, Serxio "oq-qoralar" rahbariyatidan yiliga 10 million evro so'ragani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, Ramos "PSJ"ni tark etganidan keyin erkin agent hisoblanadi. Frantsiya poytaxtida ikki yil davomida "Real Madrid" afsonasi 58 o'yin o'tkazib, oltita gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!