Berardi "Yuventus"ga o'tishga umid qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
"Sassuolo" yarim himoyachisi Domeniko Berardi boshqa jamoaga o'tishga umid qilmoqda. Turinning "Yuventus" klubi futbolchiga da'vo qilmoqda, ammo "keksa sinora" hali tovon puli borasida kelisha olmadi.
Avvalroq, "Sassuolo" prezidenti Jovanna Karnevala klub "Yuventus" bilan kelisha olmaganini aytgandi, biroq Il Corriere dello Sport nashri xabariga ko'ra, Berardining o'zi ham murosa qilish mumkinligiga umid qilmoqda. "Sassuolo" Berardining transferi uchun "Yuventus"dan 10 million ko'proq talab qilmoqda, shuning uchun muzokaralar qiyin kechmoqda.
O'tgan mavsumda Berardi Italiya chempionatida 12 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!