"PSJ" yana bir bor bu transferni amalga oshirishga harakat qilib ko'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 70
"PSJ" yana bir bor "Ayntraxt" hujumchisi Randal Kolo-Muanini sotib olishga urinib ko'radi, deb xabar beradi L'Equipe.
Manbaning xabariga ko'ra, parijliklar transferni shu haftada amalga oshirishni rejalashtirishgan. "PSJ" Muani uchun klubga 60 million evro taklif qilgandi, "Ayntraxt" buni rad etdi. Frantsiya klubi yangi shartlarni bugun, 21 avgust kuni jo'natadi.
24 yoshli futbolchi joriy mavsumda “Ayntraxt” safida ikkita o'yin o'tkazib, ikkita gol urdi.
Hujumchining nemis klubi bilan shartnomasi 2027 yilning iyunigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!