"Inter" "Bavariya"ga 30 million evrolik taklif yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
"Inter" "Bavariya" bilan himoyachi Benjamin Pavarning transferi borasida muzokaralarni davom ettirmoqda, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Martsio.
Manbaga ko'ra, "Inter" Pavar uchun 27+3 million evro taklif qilgan. Qayd etilishicha, bitim 21 avgustdayoq yopilishi mumkin. Futbolchining o'zi Italiya klubiga o'tmoqchi.
Pavar 2019 yildan buyon “Bavariya” safida to'p tepadi. Amaldagi shartnoma 2024 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt frantsiyalik futbolchining narxini 40 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!