Pavar uchun kurashga yana bir grand klub qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 51
Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Benjamin Pavar yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin, deya xabar berdi L'Equipe.
Manbaga ko'ra, futbolchi uchun kurashga "Inter"dan tashqari "Arsenal" ham qo'shilgan. "Kanonirlar" 27 yoshli futbolchining yaqinlari bilan allaqachon muzokaralarga kirishgan.
"Bavariya" frantsuz bilan 2024 yilda yakunlanadigan kelishuvni uzaytirmoqchi, ammo himoyachi bunga rozi bo'lmayapti. Transfermarkt uni 40 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!