Rasman! "Barselona" futbolchisini ijaraga berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97
Kataloniyaning "Barselona" jamoasi himoyachisi Serjino Dest faoliyatini o'z vatani Niderlandiyada davom ettiradi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, "Barselona" va PSV Eyndxoven Destni 2024 yilning 30 iyuniga qadar ijaraga berish bo'yicha kelishuvga erishdi.
Niderlandiya klubi sotib olish imkoniyatiga ega. Klub futbolchining kelajakdagi har qanday sotuvidan foiz olish huquqini o'zida saqlab qoladi.
22 yoshli Dest 2020 yilda "Ayaks"da 21 million evroga kataloniyaliklar safiga kelib qo'shilgan edi. O'tgan yili u "Milan"da ijara asosida o'ynadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!