APL. "Aston Villa" yirik hisobda g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 66
Angliya chempionati 2-tur doirasidan o'rin olgan "Aston Villa" - "Everton" uchrashuvida mezbonlar yirik 4-0 hisobida g'alaba qozondi.
Mezbonlar 18-daqiqada Jeyms Makginning goli evaziga hisobni ochishdi. Oradan 6 daqiqa o'tib “Aston Villa”ning ustunligini Duglas Lui penaltini aniq amalga oshirib mustahkamladi. 51-daqiqada Leon Beyli gol kiritgan bo'lsa, 75-daqiqada yakuniy hisobni Jon Dyuran o'rnatdi.
“Aston Villa” mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi va 3 ochko bilan Premer-ligada 9-o'ringa ko'tarilib oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!