Neymar o'ynashga tayyor emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 57
"Al-Hilol" yulduzi Neymar jarohati sabab jamoasining bo'lajak o'yinlarida ishtirok etmaydi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Xorxe Jezus aytib o'tdi.
"Neymar bizga jarohat bilan keldi. Uning mushaklari bilan bog'liq muammolar bor. U qachon tuzalib, maydonga tushishini hozircha bilmayman. U Braziliya terma jamoasiga bormasligi kerak. Endi u reabilitatsiya kursidan o'tishi rejalashtirilgan", - deya xabar beradi Goal.com.
Neymar shu hafta boshida "Al-Hilol"ga o'tdi. 31 yoshli braziliyalik Saudiya klubi bilan ikki yillik mehnat shartnomasi tuzdi. Transfer summasi 90 million evroni tashkil qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!