Serbiyalik futbolchi La Ligani tark etishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 60
«Almeriya» himoyachisi Srdjan Babich jamoaning La Liga saytida taqdim etilgan rasmiy ro'yxatidan g'oyib bo'ldi.
Avvalroq 27 yoshli serbiyalik futbolchi shu hafta oxirida Rossiya poytaxtiga etib kelishi va Moskvaning «Spartak» klubi bilan uch mavsumga mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzolashi haqida xabar berilgandi.
Joriy mavsumda Babich Ispaniya chempionatining bitta o'yinida ishtirok etdi va 90 daqiqani maydonda o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!