«Chelsi» darvozaboni raqamini o'zgartirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106
«Chelsi»ning yangi darvozaboni o'zining raqamini o'zgartirishga qaror qildi.
London klubi matbuot xizmati ispaniyalik futbolchining «Chelsi»da 1-raqam ostida o'ynashini ma'lum qildi.
25 yoshli Sanches shu yozda «Brayton»dan «ko'klar» safiga o'tgan edi. Transferdan so'ng darhol darvozabon 31-raqamli futbolkani tanladi, ammo Kepa Arrisabalaga «Real Madrid»ga ketganidan keyin Sanches hamkasbining raqamini olishga qaror qildi.
Angliya premer-ligasining 1-turida «Chelsi» «Liverpul» bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. «Ko'klar» 20 avgust kuni «Vest Xem»ga qarshi bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!