Robben murabbiylik sohasiga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 66
Mashhur sobiq futbolchi Aren Robben kelajakda o'zini murabbiylik sohasida sinab ko'rishi mumkin.
39 yoshli Aren murabbiylik litsenziyasi kursini boshlamoqda. Dastlab Robben o'zining tug'ilgan Groningen shahrida amaliyot o'taydi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, Aren haftasiga ikki marta klubning bir nechta jamoalari bilan mashg'ulot o'tkazib, 18 yoshgacha bo'lgan toifadagi jamoaga alohida e'tibor qaratadi.
«Bir yildan keyin ham bu bilan shug'ullanamanmi, buni bilish men uchun muhim», dedi Robben.
Aren Robben faoliyati davomida «Groningen», «PSV», «Chelsi», «Real» va «Bavariya» klublarida o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!