Zaxaryanning «Real Sosedad»dagi maoshi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 73
Yarim himoyachi Arsen Zaxaryan tez orada «Dinamo»ni «Real Sosedad»ga almashtiradi.
«Mutko protiv» telegram kanali xabariga ko'ra, 20 yoshli Zaxaryan ispan klubida yiliga 1,4 million evro maosh oladi. Qayd etilishicha, «Real Sosedad» futbolchini turar joy va haydovchi bilan ta'minlaydi.
Agent Pavel Andreev bundan 2 million evro ulush oladi. Zaxaryanning vakili 3 million evro, ya'ni transfer summasining chorak qismini ishlab olmoqchi edi, biroq tomonlar kichikroq summaga kelishib oldilar va bu hammaga ma'qul bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Arsen Zaxaryan «Dinamo» akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!