Platini ham pulni tanlagan bo'lardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
UEFAning sobiq prezidenti Mishel Platini futbolchilarning Saudiya Arabistonini tez-tez tanlashidan hayron emas.
Bu mamlakatdan kelayotgan jozibali takliflar bilan bog'liq. Platinining so'zlariga ko'ra, bir vaqtlar u ham xuddi shu sababga ko'ra Italiya chempionatini tanlagan, chunki u erda yaxshigina pul aylanardi:
«80 yillar boshida Italiyaga ko'chib kelganimda, bu erda menga eng ko'p pul to'lashdi. Bu erda Ziko, Maradona, Falkao o'ynadi, shuningdek, Mantovani, Berluskoni va boshqalar.
Italiya jahon chempionatida g'olib chiqdi, tizim oyoqqa turdi, katta ishtiyoq sezildi», — deya Platinining so'zlaridan iqtibos keltiradi Italiyaning ITASportPress axborot agentligi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!