"Milan" Gretsiyadan himoyachi olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
Italiyaning "Milan" klubi transfer bozorida to'xtash niyatida emas - so'nggi mish-mishlarga ko'ra, klubning navbatdagi xaridi Gretsiyaning PAOK klubidan Konstantinos Kulerakis bo'lishi mumkin.
Gretsiyalik jurnalist Jannis Korianapulos bu ma'lumot bilan o'rtoqlashdi, uning aniqlik kiritishicha, PAOK himoyachi uchun 10 million evro talab qilmoqda, ammo hozircha "Milan"ning taklifi ancha kamroq.
Eslatib o'tamiz, Italiya chempionati o'n to'qqizinchi avgust, shanba kuni boshlanadi. Ammo "Milan" o'zining birinchi o'yinini yigirma birinchida "Bolonya"ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!