Rodrigo: "Hamma bizni yomon ko'radi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 61
Madridning "Real" klubi vingeri Rodrigo klubiga tashqaridan bo'lgan munosabatlar haqida gapirdi.
“Matbuot bizga katta bosim o'tkazadi. Men buni qanday tushuntirishni bilmayman. Men shunchaki his qilyapmanki, “Real”ni qo'llab-quvvatlayotgan jurnalistlar doim qo'llab-quvvatlab turishadi, bizni qo'llab-quvvatlamaganlar esa doim yolg'on gapirib, yo'limizga xalaqit berishadi.
"Real Madrid"ga qarshi butun Ispaniya va Evropa birlashadi. Muxlislarimiz bor, lekin bizni sevmaydiganlar uchun bu shunchaki klub emas. Ular bizdan nafratlanishadi", - dedi braziliyalik GE portaliga.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!