"Manchester Siti" "An-Nasr"dan 29 evro milliy talab qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
“Manchester Siti” markaziy himoyachisi Emerik Lyaport faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.
Klublar 29 yoshli futbolchining transfer shartlarini to'liq kelishib oldi. Relevo nashri xabariga ko'ra, "An-Nasr" ispaniyalik futbolchi uchun 25 million funt sterling (taxminan 29 million evro) to'laydi.
Lyaportning o'zi, agar kutilmagan hech narsa sodir bo'lmasa, Saudiya klubi bilan yiliga 15 million evro maosh bilan 2026 yilgacha shartnoma imzolaydi.
Emerik Lyaport "Manchester Siti"da 2018 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Markaziy himoyachi “shaharliklar” safida barcha musobaqalarda 180 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!