"Barselona"ning sport direktori APL klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
Chorshanba kuni "Barselona" Deku klub sport direktori lavozimiga tayinlanganini e'lon qildi. Yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar Deku Mateu Alemani bilan birga ishlaydi, shundan so'ng Alemani o'z lavozimini tark etadi. Bu 2 sentyabr kuni sodir bo'ladi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi nufuzli insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Tottenxem" Alemanini sport direktor lavozimiga taklif qilish variantini ko'rib chiqmoqda.
Eslatib o'tamiz, aprel oyida Fabio Paratichi “Tottenxem” sport direktori lavozimini tark etgandi. Italiya futbol federatsiyasi u avval ishlagan “Yuventus”ning qoidabuzarliklari yuzasidan tergov doirasida uni futbolda faoliyat olib boriini man qilgan, FIFA esa jazoni butun dunyoga kengaytirgan.