Rasman! "Yuventus" futbolchisi "Latsio"ga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 60
45Rimning "Latsio" klubi "Yuventus"ning yosh tayanch yarim himoyachisi Nikolo Rovellani rasman ijaraga oldi.
"Latsio" matbuot xizmati futbolchining keyingi ikki mavsum uchun ijara asosida o'ynashini ma'lum qildi.
Rovella 21 yoshda, u markaziy va tayanch yarim himoyachi pozitsiyalarida o'ynaydi. U "Jenoa" tarbiyalanuvchisi bo'lib, o'z klubini tark etgan va 2021 yilning qishida "Yuventus"ga o'tgan.
Futbolchi so'nggi mavsumni "Montsa" safida o'tkazdi. U klub safida 27 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali yosh futbolchining narxini 18 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!