"Tottenxem"ning sobiq futbolchisi Taunsend AQSh yoki Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
Londonning "Tottenxem" va "Everton" jamoalarida Angliya chempionatida to'p surgan yarim himoyachi Andros Taunsendni Tumanli Albiondan tashqarida ishlash imkoniyatlari bor.
Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, futbolchining xizmatlariga AQSh va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda. Taunsend hozirda erkin agent hisoblanadi.
Andros "Tottenxem" akademiyasi bitiruvchisi. U 2008 yildan 2016 yilgacha London klubi tarkibida bo'lgan. Yarim himoyachi Angliya terma jamoasi libosida 13 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!