Krul APLga qaytadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 58
Insayder Fabritsio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqlarida «Luton Taun» «Norvich Siti» bilan 35 yoshli darvozabon Tim Krulning transferi borasida kelishib olgani haqida xabar berdi.
Darvozabonning o'zi ham Premer-liga klubi bilan bo'lajak shartnoma borasida kelishib olgan.
Bugun, 15 avgust kuni Krul «Luton Taun»da tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng transfer rasman e'lon qilinadi.
Eslatib o'tamiz, «Luton Taun» bu mavsumda Premer-ligaga qaytdi. Jamoa birinchi turda «Brayton»ga imkoniyatni boy bergandi – 1:4.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!