«Chelsi» xavbeki «Lester»ga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 76
38Yarim himoyachi Chezare Kazadei «Chelsi»dan «Lester»ga o'tdi. London klubi rasmiy saytining xabar berishicha, 20 yoshli futbolchi yangi klubiga ijara asosida o'tgan. Shartnoma muddati 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha hisoblangan.
«Chelsi» direktorlari qo'shma bayonotda «Lester»da ijara shartnomasi Kazadei uchun ajoyib imkoniyat ekani haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, «Lester» o'tgan mavsumda Premer-ligadan tushib ketgandi va hozir Chempionshipda o'ynaydi. Oxirgi ikki turda jamoa eng ko'p ochko to'pladi - oltita.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!