Ferdinand: «Onana Ten Xagning o'yin uslubiga to'g'ri kelmaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 54
Rio Ferdinand Amadu Onananing «MYu»ga mos kelishiga ishonchi komil emas.
«Everton» himoyachisiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Transfer kamida 50 million funtga tushadi.
«Bu Maktominayning takomillashtirilgan versiyasimi? Menga tushuntiring, u kim? [Amadu] Onana to'xtatuvchi o'yinchi emas, qiruvchi ham emas.
Agar uning barcha xislatlarini olsangiz, menimcha, bu Ten Xagning o'yin uslubiga to'g'ri kelmaydi. Menimcha, u ajoyib o'yinchi, lekin u «Manchester Yunayted»ga to'g'ri kelishiga ishonchim komil emas», – dedi «Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!