Gvardiola de Bryuynening qancha vaqtga safdan chiqqanini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne jarohati sabab bir necha oyga safdan chiqdi. Bu haqda «shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola aytib o'tdi.
«Kevinning jarohati jiddiy edi. U bir necha oy safda bo'lmaydi. Yaqin kunlarda operatsiya bo'yicha qaror qabul qilishimiz kerak, ammo biz aniq bir muddat Kevinni yo'qotamiz», - deya Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirdi jurnalist Fabritsio Romano.
Eslatib o'tamiz, 32 yoshli belgiyalik Angliya premer-ligasining yangi mavsumi 1-turi doirasida «Byornli»ga qarshi o'yinda jarohat olgan va unda «Manchester Siti» yirik hisobda g'alaba qozongandi - 3:0.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!