«Fenerbaxche» Krunich transferi bo'yicha yangi taklif bilan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
Yarim himoyachi Rade Krunich yozgi transfer oynasida «Milan»ni «Fenerbaxche»ga o'zgartirishi mumkin.
Jurnalist Yagiz Sabuncho'g'lining ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, turk klubi 29 yoshli futbolchi uchun «rossonerilar»ga yangi taklif bilan chiqqan.
«Kanareykalar» bosniyalik futbolchining transferi uchun 7 million evro taklif qilmoqda.
Qayd etilishicha, Krunich allaqachon «Fenerbaxche» bilan kelishib olgan. Endi futbolchi klublarning kelishishini kutmoqda.
Rade Krunich «Milan»da 2019 yilning yozidan buyon o'ynamoqda. O'shandan beri yarim himoyachi 125 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 3 ta gol va 6 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!