«Napoli» Veyga bo'yicha takliflarni yaxshilagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
Yarim himoyachi Gabri Veyga yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar «Selta»dan «Napoli»ga o'tishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoq insayderi Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, seshanba kuni A Seriya chempionlari 21 yoshli futbolchi uchun o'z takliflarini yaxshilagan holda yana yuborgan.
Qayd etilishicha, «Selta» Veyga kelajagi haqida keyingi o'yin oldidan, ya'ni shu hafta oxirigacha bir qarorga kelmoqchi. Klublar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.
Gabri Veyga 30 million evroga baholangan. Yosh yarim himoyachi «Selta» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!