"Arsenal" futbolchisining jarohati jiddiy bo'lib chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Yurrien Timber jarohati sabab bir necha oy maydonga tusha olmaydi. Bu haqda De Telegraf xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, "Arsenal"ning yangi futbolchisi "Nottingem Forest"ga (2:1) qarshi Angliya Premer-ligasining 1-tur o'yinida xoch payini shikastlagan. Shu sababdan niderlandiyalik futbolchi yaqin oylarda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Eslatib o'tamiz, 22 yoshli himoyachi joriy transfer oynasida “Ayaks”dan “Arsenal”ga o'tgan edi. Yangi jamoa tarkibida Timber ikki uchrashuvda maydonga tushdi va bitta sariq kartochka oldi.
Futbolchining London klubi bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!