Neymar Saudiyada 1-2 yil o'ynab, yana Evropaga qaytmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 64
L'Equipe nashri xabariga ko'ra, Saudiyaning "Al-Hilol" klubiga o'tishga yaqin turgan "PSJ" hujumchisi Neymar arab mamlakatida bir yoki ikki yil o'ynaganidan so'ng Evropaga qaytishni xohlaydi, deb xabar beradi L'Equipe.
Manbaga ko'ra, braziliyalik 2026 yilgi jahon chempionati oldidan Evropaga qaytishni istamoqda.
Oldinroq 31 yoshli braziliyalik "Al-Hilol" bilan ikki yillik shartnoma imzolashi haqida xabar berilgandi. L'Equipe xabariga ko'ra, Saudiya klubi futbolchiga yiliga 80 million evro to'lashga tayyor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!