Manchini nima sababdan Italiya termasini tark etgani oydinlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
Roberto Manchini nima sababdan Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketgani ma'lum bo'ldi. Sky Sport Italia jurnalistlarining xabar berishicha, mutaxassis mamlakat futbol federasiyasi prezidenti Gabriel Gravina bilan kelishmovchilik tufayli "skuadradzurra"ni tark etgan.
Manchini rahbar uni o'zi tanlagan yordamchilari bilan ishlash imkoniyatidan mahrum qilganidan norozi edi. Qolaversa, Roberto terma jamoadagi avlodlar almashinuvini nazorat qilmoqchi edi, ammo bunday imkoniyatdan mahrum bo'ldi.
Kecha Manchini va Italiya termasi o'zaro kelishuv asosida hamkorlikni yakunlagani e'lon qilingan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!