Kanselu borasidagi muzokaralar yakunlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 67
Portugaliyalik himoyachi Joau Kanselu “Manchester Siti”dan “Barselona”ga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.
Jurnalistga ma'lum bo'lishicha, Ispaniya chempioni sotib olish huquqi bilan futbolchini ijaraga olmoqchi. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yakuniga etdi. "Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes Kanseluni qanot himoyachisi sifatidagi o'rnini mustahkamlash uchun ustuvor variant deb hisoblaydi.
O'tgan mavsumda Joau "Bavariya"da ijara asosida o'ynagandi. Portugaliyalikning transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!