Bonuchchi A Seriyaning boshqa jamoasiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
36 yoshli himoyachi Leonardo Bonuchchi joriy transfer oynasida Turinning "Yuventus" klubini tark etishga yaqin turibdi. Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, tajribali futbolchi Italiya chempionatida qolishni istamoqda.
Bonuchchi faoliyatini "Fiorentina"da davom ettirishi mumkin, futbolchi Florentsiya klubi rahbariyati bilan yaxshi munosabatda. Shu bilan birga, "binafsharanglilar" markaziy himoyachi o'rniga yoshroq futbolchini olishni afzal ko'rishadi.
Avvalroq matbuotda Leonardoning transferiga "Union Berlin" qiziqayotgani haqida xabar berilgandi.
2022/2023 yilgi mavsumda himoyachi “keksa sinora” safida 26 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!