O'zbekiston U-17 Yaponiyadagi barcha o'yinlarda yutqazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
U-17 Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-17 terma jamoasi Yaponiyada o'tkazilgan "Hiroshima Youth Soccer Games 2023" o'rtoqlik turnirida o'z ishtirokini yakunladi.
Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari "kunchiqar yurt"dagi barcha 3ta o'yinda imkoniyatni boy berishdi. O'smirlarimiz yapon jamoalariga qarshi o'yinlarda jami 9ta gol o'tkazib yuborib, o'zlari atigi bitta gol urishdi.
"Hiroshima Youth Soccer Games 2023" o'rtoqlik turniri
8 avgust
"Hiroshima U-18" — O'zbekiston U-17 - 2:0
10 avgust
"Sanfreche Hiroshima youth" — O'zbekiston U-17 - 3:1
11 avgust
Yaponiya U-17 — O'zbekiston U-17 - 4:0
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!