Unai Emeri "MYu" vingerini "Aston Villa"da ko'rmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 65
"Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sancho transfer oynasi tugaguncha jamoasini tark etishi mumkin. CaughtOffside xabariga ko'ra, "Aston Villa" futbolchining atrofidagi vaziyatni faol kuzatmoqda.
"Manchester Yunayted" agar yaxshi taklif tushsa, Sanchoni sotishga tayyor. Ma'lum bo'lishicha, ingliz futbolchisiga "Aston Villa"dan tashqari APLning boshqa klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, 23 yoshli Sancho ikki yil avval Dortmundning "Borussiya"sidan 80 million evro evaziga "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi. O'shandan beri Jeydon klub safida 79 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 6 ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!