"Inter" tanlov amalga oshirishi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55
Milanning "Inter" klubi yangi hujumchi izlashda davom etmoqda. Sky Sports Italia xabariga ko'ra, "neradzurrilar" endilikda "Portu" futbolchisi Mehdi Taremi va "Bolonya" futbolchisi Marko Arnautovich o'rtasida tanlov qilishi kerak.
Qayd etilishicha, Arnautovich hozirda "Inter"ning qisqa ro'yxatida Taremidan tepadi. Gap shundaki, Marko bozorda bor-yo'g'i 10 million evroga baholangan. Shu bilan birga, "Portu" Taremi uchun 30 milliondan ortiq talab qilmoqda.
Arnautovich Italiya A seriyasida o'tgan mavsumda atigi 21 uchrashuvda 10 ta gol urgan. Taremi Portugaliya chempionatining so'nggi mavsumida 33 ta o'yinda 22 ta gol urib, eng yaxshi to'purarga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!