Klopp "Liverpul" APL tarixidagi eng katta transferni amalga oshirishini tasdiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 75
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Brayton" bilan yarim himoyachi Moyses Kaysedoni sotib olish borasida kelishib olganini tasdiqladi. Oldinroq transfer summasi Angliya Premer-ligasi tarixidagi rekord bo'lishi va 127 million evroni tashkil qilishi xabar qilingandi.
"Men Kaysedoning "Brayton" bilan transferi borasidagi kelishuvni tasdiqlashim mumkin. Futbolchining o'zi bilan tuzilgan shartnomaga kelsak, hali ko'rishimiz kerak. Tibbiy ko'rik bugun bo'ladimi? Men buni sizga ayta olmayman, chunki men hali hech narsani bilmayman. Biz shartnoma tuzishga harakat qilyapmiz. To'g'risini aytsam, klub transferni amalga oshirish uchun ko'p kuch sarfladi", - dedi Klopp matbuot anjumanida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!