"Barselona" hali ham bu transfer amalga oshishiga ishonadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111
Kataloniyaning "Barselona" klubi hali hamon "Manchester Siti" himoyachisi Joau Kanselu bo'yicha kelishuvga erisha oladi, deb taxmin qilmoqda, u himoyaning o'ng va chap qanotidagi pozitsiyasini yopa olishi mumkin.
Insayder Rojer Torelloning so'zlariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" hali ham 29 yoshli portugaliyalikning transferini inkor etmayapti, bu esa murabbiy Xavi Ernandes uchun ustuvor variant hisoblanadi.
"Barselona" avvalroq sotib olish imkoniyati bilan ijara variantini ko'rib chiqqandi, ammo bunday kelishuv "Manchester Siti"ga tovon puli ham to'lashi kerak edi. O'yinchining yuqori maoshi sabab bu kataloniyaliklarga to'g'ri kelmadi.
Kanselu va “Manchester Siti” yozda xayrlashishga tayyor. Himoyachi murabbiy Xosep Gvardiolaning rejalarida emas.