"Chelsi" "Liverpul"ga bu kurashda taslim bo'lmoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 72
Londonning "Chelsi" klubi "Brayton" yarim himoyachisi Moyses Kaysedo uchun kurashda taslim bo'lmayapti, uning transferi avvalroq "Liverpul" tomonidan rekord darajadagi 127 million evroga kelishilgan edi. Jurnalist Jeykob Shtaynbergning xabar berishicha, "ko'klar" 21 yoshli ekvadorlik futbolchini qo'lga kiritish umidini yo'qotmayapti.
"Chelsi" "Liverpul" taklifidan kattaroq pul taklif qiladimi yoki shunchaki unga tenglashtiradimi, hozircha noma'lum. Kaysedoning o'zi hozir Londonda va kelajagi bilan bog'liq vaziyat hal qilinishini kutmoqda. Moyses avvalroq “Chelsi” bilan shartnoma shartlarini kelishib olgandi, biroq yarim himoyachi “Liverpul”ga o'tishga tayyor.
Agar uning transferi amalga oshsa Kaysedo Premer-liga tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylanishi mumkin.