Loris A Seriya klubi bilan muzokara olib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52
“Tottenxem” darvozaboni Ugo Loris tez orada faoliyatini Italiya A seriyasida davom ettirishi mumkin. Jurnalist Fabris Xokinsning xabariga ko'ra, frantsiyalik tajribali kiper Mauritsio Sarri boshchiligidagi “Latsio”ga o'tish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Manbaga ko'ra, Lorisni shuningdek, "Real Madrid"ga taklif qilishgan, ammo "qirollik klubi"ning short-listida ko'proq afzal ko'rilgan nomzodlar bor, shuning uchun Ugoning transfer imkoniyati nihoyatda kichik.
Eslatib o'tamiz, Loris "Tottenxem"da 2012 yilning yozidan beri o'ynab kelmoqda. 36 yoshli darvozabonning endi “shporlar” bilan shartnomasi tugashiga atigi bir yil qoldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!